Yalnız Litres-də oxuyun

Kitab fayl olaraq yüklənə bilməz, yalnız mobil tətbiq və ya onlayn olaraq veb saytımızda oxuna bilər.

Kitabı oxu: «Belanchak»

Şrift:

O'ZBEK ELIM

BUYUK TEMUR

 
Ona tuproq g‘aladonida
Uxlaydi sokin.
Buyuk Temur kimning qonida
Tirikday lekin.
Ulug‘bekni olib yoniga,
Bir o‘yga tolgan.
Osmonlarga tikilgancha
Yulduzday qolgan.
 

DO‘PPI

 
Do‘ppi kiygan bobo dehqon,
Parvarishlab paxta-yu, don.
Bog‘lab doim mahkam belni,
Kiyintirib boqar elni.
 

TINCHLIK BO‘LSIN

 
Bulutlarning qatida,
Oymomoni xatida:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
 
 
Chaqmoq otni qamchilab,
Yerga yomg‘ir tomchilab:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
 
 
Qushlar qaytib kelarkan,
Qo‘shiq aytib kelarkan:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
 
 
Beshikdagi buvaklar,
Chuldirarkan buvaklar:
Tinchlik bo‘lsin, deptilar.
 

O‘ZBEK ELIM

 
O‘zbek elim,
Bek elim.
Senga nasib
Erk elim.
Peshonangga
Nur tegib,
Kamol topding
Baxt emib.
Bobom Temur
Suygan xalq,
Dunyo uzra
yayrab balq.
O‘zbek elim
Bek elim,
Senga nasib
Erk elim.
 

ONA HAQIDA AFSONA

 
O‘tsa ham ko‘p zamona,
Saqlanar shu afsona:
Onaga baxsh etib jon,
Yasharkan bir saxiy xon.
Ona hurmati uchun,
Sarf etsa-da bor kuchin.
G‘amlar yana kun va tun,
Uyqu bermas sira jo‘n.
Iloj topmay yurtda xon,
Chiqaribdi bir farmon:
Kim onani injitsa,
Oz bo‘lsada ranjitsa,
Bu hayotdan yosh ketar,
Farmonim shu bosh ketar!
Yana xayol etib band,
Chaqirtirgan donishmand.
So‘zla to‘g‘ri sen donish,
O‘ragan meni tashvish.
Yuzga kirgan onam bor,
Tetik yurgan onam bor.
Etmayin qancha hurmat,
Ko‘nglim to‘lmaydi faqat.
Onam tushmas tushimdan,
Ayrilyapman hushimdan…
Meni g‘amdan xalos et,
Istaganing olib ket.
Donish debdi: Ulug‘ xon,
Istaging menga ayon.
Ona suti bo‘lmish qarz,
Oqlamoqlik albat farz.
So‘zim tingla, bir yurt bor,
Bir vaqtda to‘rt fasl yor.
Umrga baxt aritmas,
O‘tsa ham yil qaritmas.
Maslahatim qabul et,
Unga onang olib ket.
Yo‘li olis oylik yo‘l,
To‘lib ketdi demay dil,
Va qaytarib olib kel,
Ham qiynalib tolib kel.
O‘sha kuni saxiy xon,
Bir umrga qiynab jon.
Rozi bo‘lsin deb ona,
Yo‘lga bo‘pti ravona.
Donish so‘zi emish haq:
Mana bog‘-rog‘, jannat naq.
To‘rt tomoni to‘rt fasl,
Go‘zallikda muttasil.
Onasiga saxiy xon,
Olib borayin qayon?
Aylaning ruxsat depti,
Onaga to‘lib quvonch,
 

Pulsuz fraqment bitdi.

4,15 ₼

Janr və etiketlər

Yaş həddi:
0+
Litresdə buraxılış tarixi:
15 aprel 2023
Həcm:
7 səh. 1 illustrasiya
ISBN:
978-9943-26-921-7
Müəllif hüququ sahibi:
Sharq
Mətn
Средний рейтинг 5 на основе 208 оценок
Audio
Средний рейтинг 4,1 на основе 1116 оценок
Mətn, audio format mövcuddur
Средний рейтинг 4,8 на основе 29 оценок
Audio
Средний рейтинг 4,6 на основе 1150 оценок
Mətn
Средний рейтинг 4,8 на основе 47 оценок
Mətn, audio format mövcuddur
Средний рейтинг 4,6 на основе 104 оценок
Audio
Средний рейтинг 4,8 на основе 187 оценок
Audio
Средний рейтинг 4,7 на основе 208 оценок
Audio
Средний рейтинг 4,4 на основе 27 оценок
Mətn
Средний рейтинг 0 на основе 0 оценок